YANGILIK VA TADBIRLAR

15-dekabr kuni “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv jarayonida ikki tomonlama xamkorlik doirasida illiq fikrlar bildirildi.

 Shin Myung Seop, “KOICA”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori:

“Mamlakatingizga 1995-yilda ham tashrif buyurgan edim. 28 yildan soʻng yana yurtingizga qadam qoʻyish nasib etdi. Ochigʻi oʻzgarishlar juda katta, rivojlanish jarayoni juda tezlashgan. Poytaxtda joylashgan bir qancha institut va universitetlar bilan hamkorligimiz bor. Ammo ularning sanoatga umuman aloqasi yoʻq. Siz bilan oʻrnatayotgan hamkorlik aloqalarimiz esa bizni oldimizga qoʻygan oliy maqsadlarimizga chorlaydi. Hurmatli Davron Vaxabov, institutingiz manfaatlarini, unda oʻzgartirilishi kerak boʻlgan jihatlarni bu qadar chuqur oʻrganganingiz tahsinga loyiq. Biz qilishimiz kerak boʻlgan ishlarni siz allaqachon qilib boʻlibsiz. Aminmanki, hamkorligimiz sharofati bilan tez orada yuksak natijalarga erishamiz”.

Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori:

“Koreya bizning eng qadrdon maslakdoshlarimizdan biri. Biz doim hamkorlikda harakat qilganmiz. Kechagina bir qancha manfaatli hamkorlik bitimlari imzolangan edi. Bugun boʻlsa toʻqimachilik institutini toʻliq raqamlashtirish xususida bosh qotiryapmiz. Ishonchim komil, bu hamkorlik ham oʻzining samarali natijalarini beradi. Raqamlashtirish borasida yurtboshimiz tashabbusini amaliyotga koʻchirgan oliy taʼlim muassasalari safida boʻlishimiz esa men uchun sharafdir”.


Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!