YANGILIK VA TADBIRLAR

Hurmatli bakalavriat, magistratura va (PhD) doktorantura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar hamda yosh tadqiqotchilar, ustoz-murabbiylar – institut jamoasi. Soha yo‘nalishlari bo‘yicha eng so‘nggi tadqiqotlardan xabardor bo‘lish, zamon talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borish va jahon tajribasini o‘rganish har birimiz uchun juda dolzarbdir. Vengriya davlati bu borada sizga katta ko‘mak berishi mumkin:

Vengriya hukumati o‘zining “Stipendium Hugaricum” taʼlim dasturi asosida 2019 yildan beri dunyoning 90 mamlakatiga grantlar eʼlon qilib kelmoqda. 2024-2025 o‘quv yillarida O‘zbekiston uchun bunday imtiyozlar soni 170 taga yetkazilgan:
Barcha soha yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat uchun 20 ta, magistratura uchun 60 ta va (PhD) doktorantura yo‘nalishidagi tadqiqotchilar uchun ham 60 ta grant ajratilgan. Stipendiyalardan uch oydan o‘n oygacha bo‘lgan taʼlim dasturlarida qatnashish uchun ham foydalanish mumkin. Hujjatlarni talabgorlar onlayn tartibda 2024 yil 15 yanvarga qadar topshirishlari lozim.
Grant xususidagi batafsil ma’lumotlar o’zbek va rus tillarida ilova qilingan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!