YANGILIK VA TADBIRLAR

UCH KUN ICHRA  FAN, TA’LIM, INNOVATSIYALAR VA SANOATNING ISTIQBOLLI MANFAATLARI

Amirliklardagi Amerika universitetida har yili bo’lib o’tadigan “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: II Taraqqiyot strategiyasi” xalqaro forumi har yili jahonning turli burchaklaridan oliy ta’lim va tadqiqot institutlari olimlari, professorlari va korxona rahbarlarini bir yerga jamlaydigan nufuzli anjumandir.
Shu yil institutimiz vakillari ham ushbu fan va taraqqiyot kunlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdilar.
Mazkur konferensiya zamonaviy raqamlashtirilgan iqtisodiyotda tarmoqlar ahamiyati va elektron tizimlarni rivojlantirishda kadrlarni tayyorlash, raqamli innovatsion texnologiyalar istiqbol rejalariga qaratilgan.
TTYSI vakillari konferensiya davomida bir qator uchrashuvlar oʻtkazib, soha mutaxassislari bilan fikr almashdi. Institutimiz oʻqituvchilarining ushbu tadbirda zamonaviy texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni oʻrnatish va ustuvor yoʻnalishlardan belgilab oldilar.
Anjumanda Buyuk Britaniya, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Finlyandiya, Yaponiya, Rossiya va boshqa koʻplab mamlakatlardan tajribali professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchi olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Forum doirasida TTYSI vakillari hamda AAU (AUE) prezidenti va moda dizayni fakulteti professor oʻqituvchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
TTYSI tomonidan 2024-yilning aprel oyida ikki bilim yurti oʻrtasida tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida Toshkent shahrida “Toshkent+Dubay=Talabalar” konferensiyasini oʻtkazish taklifi berildi.
Xususan, bu borada Dubay talabalarining ham fikr va mulohazalari ular bilan oʻtkazilgan muloqotda oʻrganildi. Uchrashuv soʻngida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabalari 2024-yilning noyabr oyida Dubay shahriga taklif etildi.

Dubaydagi xalqaro forumi doirasida jahon oliygohlarining top-1000 taligidan, Arab mamlakatlari orasida esa eng zoʻr yuzlikdan oʻrin olgan AAU (AUE) va TTYSIning hamkorlik memorandumi imzolandi.
Kelishuvda talabalarning akademik mobil almashuvi, professor oʻqituvchilarning malakasini oshirish hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish va kelajakda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, Manchester Innovation & Technology akademiyasining  boshqaruv direktori Visam Steiti bilan memorandum imzolanib, ikki tomonlama konstruktiv muzokaralar olib borildi.


Suhbat davomida TTYSI prorektori Nodira Shotursunova kadrlar tayyorlash masalasiga alohida toʻxtalib, ularga taʼlim berishda kelgusi oʻn yil tendensiyalari va soha modernizatsiya jarayonidan jadal oʻtayotganiga urgʻu berdi. Janob Steitiga bu fikrlar maʼqul kelib, institut vakillari tomonidan berilgan qator takliflar rasman oʻz tasdigʻini topdi.


Jumladan, texnologlar uchun onlayn ish platformasini yaratish; institut professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish uchun joʻnatish va ularga ham onlayn ham oflayn darslarni tashkil etish; TTYSIni raqamlashtirish jarayonida bevosita hamkorlik qilish va qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarda kelishuvga erishildi.
Olib borilgan manfaatli muzokaralardan soʻng janob Visam Steiti vakillar tomonidan institutimizga taklif etildi. Uning rasmiy tashrifi 2024-yilning fevral oyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Forum so’ngi kunida ham xorijiy oliy ta’lim muassasalari va korxona vakillari bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Manchester Metropoliten universistety (MMU) professori, shu bian birga, «AVAMRO» kompaniyasi boshlig’i Muhhamad Hommadey va AAU professori Muhammad el Huseyn kabi olimlar ular jumlasidandir.


Professor Muhhamad Hommadey  MMU bilan  Fashion dizayn hamda to’qimachilik, materialshunoslik va  menegment  yo’nalishlarida bilim yurtlari  o’rtasida hamkorlik o’rnatish, fan, sanoat va pedagogika sohalari bo’yicha eng ilg’or loyihalarni ishlab chiqarishga kelishib olindi.

Shuningdek, TTYSI rektori tashabbusi bilan Professor Muhammad el Huseyn hamkorligida institutimizda Scopus xalqaro ilmiy platformasiga bag’ishlangan doimiy anjumanni tashkil etish, institutda chop etiladigan “To’qimachilik muammolari” gazetasini xalqaro ilmiy bazalar ro’yxatiga kiritish va yosh tadqiqoqtchi olimlar va o’qituvchilar uchun xalqaro reytingi baland ilmiy platformalarda maqolalar e’lon qilish kabi uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi.
TOSHKENT-DUBAY, DUBAY-TOSHKENT
21.12.2023-23.12.2023

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!