YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutning texnik personali rag‘batlantirildi

Institutning nufuzini oshirishda albatta rahbariyat va o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos. Ammo, ular qatorida bilim yurtining ozodaligi va xavfsizligi uchun javob beradigan, ko‘p hollarda soya ostida qoladigan mehnatkash ayollar va zahmatkash erkaklar ham bor.

Birinchi taassurot uchun ikkinchi imkoniyat berilmaydi. Xuddi shunday, bu dargohga qadam ranjida etgan har bir mehmon bog‘bonimiz va farrosh ayalarimizning qilgan ishlari bilan ilk xulosalarini qiladi.

Bugun – 25 kuni rektorimiz tashabbusi bilan, barchamiz uchun qadrli bo‘lgan ayyom – yangi yil bayrami arafasida institutning texnik personali munosib rag‘batlantirildi.

Ularga bayram kayfiyatini ulashish, qo‘llab-quvvatlash va kelgusidagi faoliyatda g‘ayrat topishlari uchun qilingan ushbu chora-tadbirdan barchalari juda minnatdor.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!