YANGILIK VA TADBIRLAR

Yakuniy hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi

Hisobotda 2023-yil davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, ularning yutuq-kamchiliklari va istiqbollari tahlil qilindi. Kengash aʼzolari orasidan masʼul xodimlar har bir boʻlimning faoliyati xususida taqdimotlar orqali hisobot topshirishdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida oldinga surilgan ustuvor maqsad va vazifalar bilan tanishib olindi.

Yigʻilishda onlayn qatnashgan institutimiz qoshidagi Bogʻot texnikumi oʻz faoliyati dinamikasini tanishtirganda qator kamchiliklar yuzaga chiqdi. Ularni tuzatish uchun kengash aʼzolari tomonidan koʻrsatmalar berilib muddati ham belgilandi. Hisobot soʻngida kafedra va boʻlimlarga tayinlangan yangi nomzodlar oʻqib eshittirilib, ularning kelgusidagi faoliyat harakati tubdan isloh qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!