YANGILIK VA TADBIRLAR

Kunning ikkinchi yarimida TTYSI delegatsiyasi Istanbul Tijorat universiteti rektori professor Abdulhamit Avsar tomonidan doʻstona kutib olindi.

photo_2024-01-18_19-29-30 (2)

Universitetda 6 ta fakultet, 29 ta kafedra va 5 ta institut boʻlib, jami 10 000 dan ortiq talabalar tahsil oladi. Ularning 1200 nafari 87 ta davlatdan kelgan xorijlik talabalardir. Rektorning aytishicha, Turkiyaning hozirgi tijorat vaziri ham bir paytlar shu universitetda dars bergan.

Universitetda toʻqimachilik yoʻnalishi ham mavjud boʻlib, Abdulhamit Avsar hamkorlikni aynan shu yoʻnalishda boshlashni taklif qildi. Dastlab professor-oʻqituvchilar uchun malaka oshirish, talabalar uchun esa mobil almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyishda hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!