YANGILIK VA TADBIRLAR

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Bir tadbirkor — uch hamkor” lohihasiga start berdi.

photo_2024-01-19_17-59-14

Loyihaning birinchi mehmoni — “Sure Step” kompaniyalar guruhi bosh direktori Otabek Hakimov. Tanlov gʻoliblari tadbirkorning rasmiy hamkori boʻladi va ularga biznesini boshlash uchun yordam beriladi.

Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi:

  • onlayn savdoni rivojlantirish boʻyicha eng yaxshi loyiha;

  • ishlab chiqarishni optimallashtirish boʻyicha eng yaxshi loyiha (tikuvchilik sohasida);

  • jahon bozorida brendni reklama qilish va xaridorlar bilan ishlash boʻyicha eng yaxshi loyiha.

Arizalar 25-fevralgacha qabul qilinadi. Loyihada ishtirok etishni istaydigan talabalar arizani Marketing boʻlimiga (2-bino 214-xona) topshirishi kerak. Shoshiling, ajoyib imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!