YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYSI faoliyati Tojikistonda targʻib qilinmoqda.

photo_2024-01-22_12-28-32

19-yanvar kuni institutimiz professor-oʻqituvchilari Oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun targʻibot-tashviqot ishlarini oʻtkazish va barcha taʼlim yoʻnalishlari, qoʻshma taʼlim yoʻnalishlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Tojikistonning Istaravshan shahridagi kasb-hunar kollejiga bordi.

Oʻzbekistonda soha rivoji uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, xomashyo zaxirasi, ishlab chiqarish sektoriga davlat rahbari tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, shu bilan birga mamlakatdagi oliygohlar, xususan, TTYSI professor oʻqituvchilarining ilmiy salohiyati, mutaxassislar tayyorlashdagi olib borilayotgan oqilona dual-taʼlim tizimi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Kunning ikkinchi yarimda Xoʻjand shahridagi M.S. Omimiy nomidagi politexnika institutiga tashrif buyurilib, talabalar mobil almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!