YANGILIK VA TADBIRLAR

Yongʻin xavfsizligiga oid davra suhbati oʻtkazildi.

photo_2024-01-23_14-24-03

23-yanvar kuni institutimizda talabalar bilan yongʻin xavfsizligiga oid davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yakkasaroy tumani boʻlimi mutaxassislari is gazi chiqqanda qanday yoʻl tutish, portlash va yongʻinning oldini oqilona olish, oliygoh va turar joyda yongʻin xavfsizligi qonun-qoidalariga rioya qilish haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, gaz taʼminoti muhandisi is gazini aniqlash, uning kimyoviy xossalari va oʻziga xosliklari, zaharlanganda birinchi yordam koʻrsatish va gaz oʻchogʻini toʻgʻri bartaraf etish xususida maʼruza qildi. Spikerlar oʻz chiqishlarini nihoyasiga yetkazgandan soʻng mavzuga oid videoroliklar qoʻyib berildi va talabalar sinov maydonchasiga taklif etildi.

Tadbirning amaliy qismida mutaxassislar oʻzlarining eng zamonaviy va ilgʻor qurilmalari, yongʻin oʻchirish va qutqaruv anjomlarini talabalarga tanishtirdi. Oʻt oʻchiruvchi yoʻriqlari va nazorati ostida oʻt oʻchirish uskunalarini talabalar tomonidan sinovdan oʻtkazildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!