YANGILIK VA TADBIRLAR

Maʼmura Shirinova falsafa doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qildi.

photo_2024-01-25_16-51-30

Shirinova Maʼmura Hikmatullayevna Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashda dissertatsiya himoya qildi.

Olima Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi boʻyicha “Tananing tayanch yuzasidagi patologik oʻzgarishlarga ega bemorlar uchun kiyimni kompleks loyihalashni tadqiq qilish va ishlab chiqish” mavzusida ilmiy ish yoqladi.

Ilmiy kengash olima dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganini maʼlum qildi. Institut jamoasi nomidan Maʼmura Shirinovani ushbu yutugʻi bilan qutlab, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz. Institut olimlarining safi kengayaversin!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!