YANGILIK VA TADBIRLAR

30-yanvar kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi bilan hamkorlik memarandumi imzolandi.

photo_2024-01-30_18-04-59

Uchrashuvda Bojxona qoʻmitasi davlat xavfsizligi va uning iqtisodiy barqaror rivojlanishi uchun eng ilgʻor texnologiya va innovatsion laboratoriyalardan foydalanish dolzarbligi, shuningdek, ushbu ezgu maqsadda TTYSI bilan hamkorlik qilish, unda mavjud ilmiy quvvatdan foydalanish Yangi Oʻzbekiston uchun har tomonlama manfaatli ekanligini taʼkidlandi.

Institutimiz maʼmuriyati tomonidan hamkorlik doirasida qoʻmita xodimlari va TTYSI professor-oʻqituvchilarining xorijiy stajirovkalarini birgalikda oʻtkazish hamda toʻqimachilik mahsulotlarida sintetik kontrabanda moddalarini aniqlashda yaqindan hamkorlik qilish takliflari bildirildi.

Uchrashuv soʻnggida kontrabanda mahsulotlarini aniqlovchi zamonaviy 8 ta laboratoriya institut maʼmuriyatiga batafsil tanishtirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!