YANGILIK VA TADBIRLAR

“Sure Step” bosh direktori Otabek Hakimov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

▶️2024-yil — “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” munosabati bilan TTYSI va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Bir tadbirkor — uch hamkor” loyihasiga start berildi.

Loyiha bir yilda mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli 20 nafar tadbirkorni oʻziga jalb etadi. Xususan, 2-fevral kuni loyihaning ilk hamkori “Sure Step” kompaniyalar guruhi bosh direktori Otabek Hakimov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Otabek Hakimov Markaziy Osiyoda yagona va eng innovatsion loyihalaridan biri — duty free uchun tayyorlangan, yuqori sifatli tekstil mahsulotini taqdim etdi.

Taqdimotdan soʻng tadbirkor bilan nafaqat loyiha, balki institutda mavjud keng qamrovli va istiqbolli boshqa yangi yoʻnalishlarda ham hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!