YANGILIK VA TADBIRLAR

6-fevral kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti va Belarus Texnika universiteti rektorlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universitetida hamkorlik shartnomalarini imzoladi

Shartnoma oʻz ichiga qator istiqbolli rejalarni olgan:

-zamonaviy texnologiyalar asosida taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish;

  • oʻqituvchilar, tadqiqotchilar (doktorantlar va magistrantlar) uchun kunduzgi amaliyotlarni tashkil etish;

  • oʻqituvchilar, tadqiqotchilar (doktorantlar va magistrantlar) ishtirokida qoʻshma konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish;

    -ilmiy tadqiqotlar natijalarini mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda hammualliflikda chop etish;

  • turli oʻquv yuklamalarni bajarish uchun talabalar almashinuvi, shu jumladan, taʼlim va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;

  • innovatsion va ilmiy-texnikaviy sohalarda tajriba va ish natijalarini almashish;

  • xalqaro ilmiy va boshqa turli darajadagi tashkilotlarning integratsiyalashuviga koʻmaklashish;

    -innovatsiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;

    -patentlar transferini yoʻlga qoʻyish;

  • xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalari va grantlarini amalga oshirish.

    Shuningdek, TTYSI boy tarixi, talabalari hamda Markaziy Osiyodagi yagona oʻquv-ilmiy laboratoriyalar bilan tanishish maqsadida Universitet rektori institutimizga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!