Uchrashuvda TTYSI hamda Istanbul tijorat universiteti bilan hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish bilan bogʻliq harakatlar belgilab olindi.
Shuningdek, samarali olib borilgan muzokaralardan soʻng qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Jumladan:
-
mexatronika va sanoat dizayn sohalarida qoʻshma taʼlim dasturlarini loyihalashtirish va amalga oshirish;
-
“Erasmus+” loyihasi doirasida hamkorlikda faoliyat olib borish;
-
professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan onlayn va oflayn oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
-
joriy yilda Oʻzbekistonga ITU rahbariyati boshchiligidagi tashrifni tashkil etish hamda tashrif doirasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumini imzolash;
Uchrashuv yakuniga koʻra, ITU vakillari Institut tomonidan berilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlab, birgalikda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bayon etdi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-07_18-31-53.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-07_18-31-54.jpg)