YANGILIK VA TADBIRLAR

Belarus texnika universiteti rektori TTYSI faoliyati bilan tanishdi.

8-fevral kuni oliygoh rektori Igor Voytov talabalar va 90 yildan ortiq tarixga ega bilim yurti bilan yaqindan tanishish maqsadida TTYSIga tashrif buyurdi.

Voytov bilan imzolangan memorandumga qoʻshimcha ravishda mehnat muhofazasi va ekologiya, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, matbaa texnologiyalari hamda charm va moʻyna sanoati bilan bogʻliq yoʻnalishlarda ham tor hamkorlik olib borish kelishib olindi.

Shuningdek, tashrif jarayonida professor Voytov institut professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan suhbat qurdi. Unda talabalar hamkor oliygoh rektori bilan universitetidagi talabalarning akademik salohiyati, yengil sanoat rivojida sunniy intellektning tutgan oʻrni hamda sohadagi eng soʻnggi tendensiyalar xususida suhbat qurishdi. Savollarning yuqori saviyasi va dolzarbligi Voytovda katta taassurot qoldirdi.

Talabalar bilan olib borilgan suhbat oʻz nihoyasiga yetganidan soʻng Voytovga institut laboratoriyalari mudirlari peshvoz chiqishdi. Mehmon rektorga jami oʻnga yaqin eng zamonaviy — oʻzida yapon, nemis va xitoy texnologiyalarini mujassamlashtirgan ilmiy hamda oʻquv dastgohlar tanishtirildi. Institutda yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-akademik baʼzaning benihoya ulkanligi va mavjud sharoitlardan endi Belarus yoshlari ham foydalanishi mumkinligi Voytov tomonidan eʼtirof etildi.

Bundan tashqari, Voytov Koreya-Oʻzbekiston texnoparkiga ham taklif etildi. U yerda professor TTYSI va Parij moda akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim sinflari hamda trikotaj mahsulotlarining toʻliq kimyoviy tarkibini tahlil qiladigan soʻnggi rusumdagi laboratoriyalar bilan tanishib chiqdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!