“Rektor sifatida hamkasbimning qilgan ishlarini juda yuqori baholayman. Ikki davlat rahbari taʼkidlaganidek, kadrlar eng asosiy masaladir. Bizning doʻstona munosabatlarimiz ayni kadrlar masalasiga kelib tutashgani har ikkala tomon uchun ham manfaatli. Biz Markaziy Osiyoning eng ilgʻor laboratoriyalarda tadqiqot oʻtkazamiz.
Sizlarning talabalaringiz esa imtiyoz asosida Belarusda oʻqishni davom ettirish, yoʻl va turar joy xarajatlarini oʻylamasdan ilmga shoʻngʻish hamda amaliyot davomida 500 dollardan 900 dollargacha daromad koʻrish imkoniyatiga ega boʻladilar. Men ularni intiqlik bilan kutaman. Oʻzbek talabalari juda tirishqoq boʻlishadi”.