YANGILIK VA TADBIRLAR

Talabalar tahsil olish uchun Germaniyaga yuboriladi.

13-fevral kuni Germaniyaning Albstadt-Sigmaringen universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki bilim yurtining kelgusidagi akademik hamda pedagogik hamkorligi dinamikasini kelishib oldi. Unga koʻra, TTYSIning 10 nafar talabasi joriy yilning sentyabr oyida Germaniya universitetida bir semestr davomida soha yoʻnalishlari boʻyicha tahsil oladi.

Bundan tashqari, dastur doirasida talabalarga universitet tomonidan tekin turar-joy hamda korxonalarda amaliyot oʻtash imkoniyati taqdim etiladi. Shuningdek, universitet professorlari jamoasi institut olimlari bilan hamkorlikda dekabr oyida tashkil etilayotgan Scopus xalqaro anjumani uchun ilmiy izlanishlar olib borib hammualliflikda maqolalar yozishadi.

Har ikkala tomon uchun manfaatli boʻlgan uchrashuvdan soʻng universitet xalqaro idora boshligʻi talabalar bilan uchrashib, ularga Albstadt-Sigmaringen universiteti va unda joylashgan talabalar yotoqxonasi boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!