YANGILIK VA TADBIRLAR

Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomini muborak bo’lsin

123456

Mamlakatimiz juda boy tarixga ega. Uni olim-u fuzalolar, sarkarda-yu podshohlar va shoir-u yozuvchilar hamisha bezab kelgan. Shu sababdan davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirish, kelajakka tarix prizmasi orqali qarash va milliy gʻururni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Har yil 14-fevral sanasida xalqimiz oʻzining shoh va shoiri, uch asrli tarixga ega sulola asoschisi — Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomini juda keng nishonlaydi. Uning ideologiyasi — har bir shaxs uchun vatandan oʻzga qoʻnim, panoh va azizroq yer yoʻqligi yoshlarimiz qalbida chiniqib borayotgan vatan tuygʻusiga katta gʻayrat va kuch baxshida etib kelmoqda. Bugun har bir adabiyot ixlosmandini, har bir vatanini sevuvchi va uni ardoqlovchi talaba va professor-oʻqituvchilarimizni buyuk bobokalonimizning 541-yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Muxtasar qilib aytganda, Bobur ruboiylari va gʻazallaridagi ezgulik va ona yurtga boʻlgan muhabbat tuygʻulari barchangizning hamrohingiz boʻlsin.

Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!