YANGILIK VA TADBIRLAR

ASPG bilan hamkorlik memorandumini imzolandi.

photo_2024-02-23_17-48-29

23-fevral sanasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti ASPG bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Tashkilot vakili sifatida uning muharrirlar hayʼati yetakchi mutaxassisi va maslahatchisi, shuningdek, Sharja universiteti professori, doktor Muhammad Elhuseyniy ishtirok etdi. Imzolangan memorandum oʻz ichiga bir qancha manfaatli va uzoq muddatga moʻljallangan kelishuvlarni oladi. Jumladan:

  • Institut professor-oʻqituvchilari hamda tadqiqotchilarining Jahon ilmiy hamjamiyati talablariga mos ilmiy izlanishlar olib borish va eʼlon qilish koʻnikmalarini oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etiladi;

  • TTYSIda chop etiladigan “Toʻqimachilik muammolari” ilmiy jurnalini “Web of sience” agentligi standartlariga mos hamda nufuzli ilmiy adabiyot darajasiga olib chiqish hamda Scopus xalqaro ilmiy bazasiga qoʻshishda hamkorlik qilish;

  • Joriy yilning oktyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni TTYSI koʻmagida tashkil etish;

  • 2024-yilning dekabr oyida esa Toshkent shahrida Scopus bazasi hamda unda faoliyat olib boradigan xalqaro tahrir va tahlil hayʼati ekspertlari va Oʻzbekistonning yetakchi olimlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida ilmiy anjuman tashkil etiladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!