YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYSI vakillari 28-fevral kuni Italiyaning charm tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

photo_2024-02-28_17-40-43

Institut Italiyaning Savdo sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib charm va charm buyumlarini oʻrganishda tadqiqot va innovatsiyalar yaratishga yoʻnaltirilgan ilmiy oʻquv markaz hisoblanadi.

Tashrif davomida institut direktori Serena Iossa  va u yerdagi bir qator olimlar hamda professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbatda soha yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va charm sanoatiga oid ilmiy tadqiqotlarni olib borish xususida mulohazalar olib borildi va institutning ilmiy-texnik jarayonlari batafsil oʻrganildi.

Hamkorlik memorandumini imzolash xususida barcha jarayonlar tahlil qilinganidan soʻng kelgusidagi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha qator kelishuvlarga erishildi:

  • zamonaviy texnologiyalar va oʻquv vositalari asosida oʻquv jarayoni samaradorligini oshirish;

  • oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar uchun ilmiy stajirovkalarni tashkil etish;

  • hamkorlikda oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning natijalarini mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda chop etish;

  • turli xil oʻquv yuklamalarini, shu jumladan oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini bajarish uchun talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

Pedagogik faoliyatning innovatsion va ilmiy-texnik sohalarida tajriba almashish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!