YANGILIK VA TADBIRLAR

Yengil sanoat tarmoqlarida boʻyicha tadqiqotlar olib borish va sohada qoʻshimcha yoʻnalishlarni ochish institutimiz maʼmuriyatining eng oliy maqsadlaridan biridir.

photo_2024-02-29_17-46-46

Jumladan kelgusi oʻquv yilida institutda zargarlik yoʻnalishi boʻyicha ham yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi. Shu bois 29-fevral sanasida TTYSI delegatsiyasi Accademia ltalianaoliygohiga tashrif buyurdi.

Rim shahrida joylashgan akademiya eng baynalminal va eng nufuzli xalqaro italyan oliygohlaridan biri hisoblanadi. Accademia ltaliana Toskanadagi birinchi xususiy moda va dizayn akademiyasi boʻlib, Italiya Taʼlim vazirligi (MUR) tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Institut oʻz ichiga uch yelling boshlangʻich akademik taʼlim, undan soʻng moda dizayni, zargarlik dizayni, interer va mahsulot sizayni, grafik dizayni va fotosurat yoʻnalishlari boʻyicha magistrlik yoʻnalishi boʻyicha ham bilim beriladi.

Tashrif doirasida akademiya bilan zargarlik yoʻnalishini isloh qilish va unda inklyuzivligni oshirish maqsadida memorandum imzolashga kelishib olindi. Endilikda AI hamkorligida institutimizda zargarlik dizayni yoʻnalishi boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqiladi va oʻquv laboratoriyalari jihozlar bilan taʼminlanadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!