YANGILIK VA TADBIRLAR

5-mart kuni TTYSI delegatsiyasi Germaniyadagi toʻqimachilik sohasida yetakchi hisoblanadigan Albshtadt-Zigmaringen universitetiga tashrif buyurdi. 

photo_2024-03-05_20-17-52

Institutimiz vakillariga Zigmaringen rektori Doktor Ingebor Myuxldorfer xonim peshvoz chiqdi va iliq qabul qildi. 

Ikki oliygoh oʻrtasidagi akadem-diplomatik aloqalarning oʻrnatilishi va mustahkamlanishida TTYSIning tutgan oʻrni va harakatlari hamkor tomonidan eʼtirof etildi.

Prorektor N. Shotursunova rektor I. Myuxldorfer bilan doʻstlik aloqalarini yanada kengaytirish, shu jumladan qoʻshma taʼlim, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida ikki tomon yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlarni oʻz ichiga oluvchi hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib oldilar. Memorandum loyihasi nemis tomoniga taqdim etildi.

Tashrif doirasida ikkala davlat vakillari ishtirokida davra suhbati ham boʻlib oʻtdi. Bundan tashqari, universitetda joylashgan 5ta ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar bilan tanishuv amalga oshirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!