YANGILIK VA TADBIRLAR

5-mart kuni Germaniyaning Albshtadt shahrida boʻlib turgan N.Shotursunova boshchiligidagi TTYSI delegatsiyasi Gros Bekkert akademiyasi vakillari va ekspertlari bilan uchrashdi.

photo_2024-03-06_10-48-03

Tashrif doirasida akademiya faoliyatiga bagʻishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, hozirda akademiya soha kesimida yangi innovatsion ihtirolar ustida ish olib borilayotganligi boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, TTYSI talabalarini ushbu jarayonlarga jalb qilish, soha boʻyicha amaliyot oʻtash masalalari muhokama markazida boʻldi. Shundan soʻng akademiya tadqiqot boʻlimlari faoliyati, xususan, turli boʻlimlar tomonidan toʻqimachilik jarayonlaridagi ignalar chidamkorligini tekshirish, matolarni inovatsion boʻyash va shu kabi tor doiradagi tadqiqotlar yuzasidan maʼlumot berildi. Uchrashuv yakuniga koʻra, oʻzaro hamkorlikda TTYSI talabalarini aynan shu akademiyada amaliy bilimlarini oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!