YANGILIK VA TADBIRLAR

6-mart kuni Germaniyaning Albshtadt shahrida joylashgan Texnologiyalar markazi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

photo_2024-03-06_16-54-36

TTYSI tashrifi doirasida markazda Albshtatd shaxrining xokimi Roland Tralmer bilan uchrashuv ham tashkil etilib, mazkur shaharning toʻqimachilik sohasidagi boy tarixga hamda tajribasini almashish imkoniyatlari xususida muhokama boʻlib oʻtdi.

Hozirgi kunda markaz sohaga oid startup loyihalarni amalga oshirish va toʻqimachilik yoʻnalishidagi yangi innovatsion texnologiyalarni yaratishga qaratilgan dasturlar ustida faoliyat olib bormoqda.

Shu bilan birga, startup loyihalarni qulab-quvvatlash va ularni davlat va xususiy sektor tomonidan moliyalashtirishga jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan Germaniya tajribasi haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakuniga koʻra, TTYSI bilan hamkorlikda maktab va litsey oʻquvchilari uchun sohalar kesimida kichik biznes loyihalarini tuzish va ularni amalga oshirish uchun kurslarni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!