YANGILIK VA TADBIRLAR

Bayram tabrigi!

123456

Borliqdagi har bir goʻzal jarayon, betakror zayl va har qanday yorugʻlik, nurga toʻlalik ayol siymosini eslatadi. Har qanday chiroy va noziklik ayolga hamohang, unga maslakdosh va yoʻldoshdek goʻyo.

Bugun poytaxt havosi gul hidiga burkangan. Har bir burchakdan nafis atirgullarning mayin sasi kelib turibdi. Ular oʻzbek ayolining matonatini, goʻzalligini va mehrini alqaydi, madh etadi, uning sharafi uchun baralla kuylaydi.

Xuddi shu gullarni koʻtarib yurgan, ularga qarab tabassum qilgan, har bir erkakning ardogʻida boʻlgan har bir goʻzal ayol aynan bizning institutimizda ishlaydi. Toʻqimachilik instituti ayollari — mening opalarim va singillarim, siz Toshkentdagi eng goʻzal qizlarsiz. Sizlarning shaʼningiz, obroʻ va xavfsizligingiz uchun men, mening hamkasblarim hamda talaba farzandlarim — barchamiz kamarbastamiz.

Qadrdon va moʻtabar ayollar, dono va oqila talaba qizlar, barchangizni nafislik, pokizalik, munavvarlik va muharramlik kuningiz, sizni olqishlaydigan sana 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy rivojlanish tilab qolaman. Bayramingiz muborak boʻlsin.

Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!