YANGILIK VA TADBIRLAR

Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori.

123456

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasb, ustoz-murabbiylar va qadrdon talabalar!

Serquyosh yurtimizga koʻklam fasli — Navbahor kirib keldi. Yiliga uch yuz kun biz bilan birga boʻladigan quyosh bagʻirimizga haqiqiy maʼnoda qaytdi. Bogʻ-rogʻlarimiz, yuksak togʻlarimiz va sermahsul yerlarimiz endi uning zarrin nurlaridan yana toʻyinadi, yana isiydi. Bobodehqon gʻayrat bilan yerga ishlov beradi.

Bu Sharq yangi yilida, ota-bolalarimizning “Yangi kuni”da siz va sizning oila aʼzolaringizga katta va ahil jamoamiz nomidan sihat-salomatlik, farovonlik va omad tilayman. Muqaddas oyda barchangizning qalb shuuringizda tugʻilgan har bir ezgu tilak amalga oshishiga ham tilakdoshman.

Siz bilan Yangi Oʻzbekistonning yangi kelajagi uchun birgalikda mehnat qilishda davom etaylik.

Bayramingiz yana bir bor muborak boʻlsin.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!