YANGILIK VA TADBIRLAR

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Matematika va informatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sabirov Nizambay Xayitbayevich, Samigova Gulandom Abdujabbarovna, Zufarov Zoir Maxmudovichlar hammuallifligida tayyorlangan “Dizaynda amaliy dasturlar” fanidan o‘quv qo‘llanma nashr etildi.

2

Ushbu oʻquv qoʻllanma institutining kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha tahsil olayotgan Dizayn bakalavriat ta’lim yoʻnalishining 2-kurs talabalariga moʻljallangan.
O‘quv qo‘llanmada “Dizaynda amaliy dasturlar” fanining kompyuter grаfikаsi, kompyuter grаfikаsining ahamiyati va jamiyatdagi roli, kompyuter grаfikаsining qo‘llanishi va turlari, “Adobe Photoshop” va “Corel Draw” dizayn sohasiga tegishli dasturiy ta’minotlar va umumiy kasbiy faoliyatda ishlatiladigan amaliy dasturlarida ishlash uchun nazariy va amaliy materiallar tizimli ravishda keltirilgan. O‘quv qoʻllanmadan Respublikadagi Oliy ta’lim maskanlarining “Dizaynda amaliy dasturlar” fani boʻyicha bilim olayotgan bakalavr talabalari, hamda mustaqil oʻrganuvchilar va fan oʻqituvchilari foydalanishi mumkin.
O‘quv qoʻllanma ma’ruzalar kursi, nazorat savollari, o‘z-o‘zini tekshirish testlari, keyslar, topshiriqlar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
O‘quv qoʻllanma talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek o‘qituvchilarga ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!