YANGILIK VA TADBIRLAR

“Ilhom” mukofoti tanlovi uchun test sinovi o‘tkazildi

IMG_4504

Joriy yilning 16-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Ilhom” mukofoti tanlovi uchun talaba-yoshlar o‘rtasida uchun test jaroyoni bo‘lib o‘tdi.
“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan institutda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.


Ushbu tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad institutda shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish; yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish; ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan institutda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini rag‘batlantirish; shoir va yozuvchilar asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish hamda ularni yoshlar orasida ommalashtirish iboratdir.


Dastlabki saralash bosqichida nomzodlar institutda test savollari orqali saralanadi. Test savollari milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi 50 ta savoldan tashkil topgan.
Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan uch nafar nomzod institut rektorining taqdimnomasi asosida keyingi bosqichda ishtirok etadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!