YANGILIK VA TADBIRLAR

ILM-FAN YUTUQLARI VA INNOVATSIYALAR NAMOYISHI

-5273889148937286471_120

 

Joriy yil 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan mustaqillik yillarida erishilgan ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq ishlarni namoyish qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida mamlakatimizning qator iqtisodiyot tarmoq korxonalari va tashkilotlarida olib borilayotgan ilmiy va innovatsion faoliyatni namoyish etish va keng qamrovli targ‘ib etish maqsadida ilm-fan, innovatsiya, yangi turdagi mahsulot va xizmatlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari vakillari, shuningdek yetakchi universitet va institutlar qatorida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining professor-o‘qituvchilari va yosh olimlari tomonidan ham yaratilgan ilg’or ishlanma va strataplari bilan faol ishtirok etishdi.

Ushbu ishlanmalar tadbir ishtirokchilarida yuqori qiziqish uyg’otganligi bois mutaxassislar bilan o‘zaro savol-javoblar va mulohazalar bilan fikr almashildi. Tadbir davomida Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayrog’imiz 46000 metr balandlikka, kosmos yaqinigacha ko‘tarildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!