Joriy yilning 2 iyun kuni ARM direktori R. Garibyan tomonidan tashkillashtirilgan holda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ilmiy tadqiqotchilar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar E-LINE PRESS vakillari F.Shodmanova va Y.Eshmetova tomonidan o‘tkazildi. O‘quv seminari quyidagi mavzularga bag‘ishlandi:
– EBSCOhost platformasida ko‘p tarmoqli va tematik ma’lumotlar bazalarida ilmiy ma’lumotlarni qidirish;
– Ilmiy ishlarni yozishda foydali bo‘lgan EBSCOhost vositalari.
Seminar yakunida doktorantlar EBSCOhost platformasida ilmiy manbalardan foydalanish bo‘yicha savollar berishdi. Eng faol doktorantlarga mehmonlar tarafidan esdalik sovg‘alari topshirildi.