Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: “Paxtani dastlabki qayta ishlash” va “Mexanik texnologiya”, 4 ta mutaxassislik bo’yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to’quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o’quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi boshlig‘i Avazov Komil Raxmatovich Telefon: 371-253-61-05 Faks: 371-253-61-05
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi:
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tо‘g‘risida Nizom” 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori asosida faoliyatini olib boradi.
Bо‘limning asosiy vazifalari:
Institutda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tо‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot tayyorlash hamda о‘rnatilgan tartibda vazirlikka taqdim etish; kvota bо‘yicha qabul qilingan doktorantlarning hujjatlarini rasmiylashtirish; doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlardan hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish bо‘yicha kirish imtihonlarini va suhbatni tashkil qilish; doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini Kollegial organ yig‘ilishlarida tasdiqlash uchun kiritishni amalga oshirish; doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning doimiy monitoringini о‘tkazilishini tashkil qilish; doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy rejalari ijrosini nazorat qilish; izlanuvchilarning shaxsiy rejasi bajarilmaganligini aniqlangan holatda tegishli qaror qabul qilish bо‘yicha rahbariyatga ma’lumot berish; talabgorlar uchun belgilangan sessiyalarda malakaviy imtihonlarni о‘tkazishni tashkil qilish; doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ularning ilmiy konsultantlari va rahbarlari ishtirokida seminarlar tashkil qilish; doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarga ilmiy ishlarini amalga oshirishda tashkiliy va uslubiy yordam kо‘rsatish bо‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Ilmiy salohiyat
Hozirgi kunda institutda 22 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 361 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 35 nafar fan doktorlari, 131 nafar esa fan nomzodlari faoliyat yuritmoqdalar.
Ustuvor yo‘nalishlar
Respublikamizda ilmiy-texnikaviy salohiyatni oshirish uchun xizmat qilayotgan institutimiz olimlari iqtisodiyotning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:
mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi import o‘rnini bosuvchi va eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari (yigirilgan ip, to‘qima, trikotaj, noto‘qima matolar, gazlamalar) ning ilmiy hajmdor texnologiyalarini yaratish;
sof, aralash va ikkilamchi resurslar hamda boshqa tolali xom ashyolarni qayta ishlashning yuqori samarali usullarini ishlab chiqish;
yengil sanoat uchun tannarxni kamaytirishga yo’naltirilgan energiya va resurs tejamkor, ekologik xavfsiz chiqindisiz texnologiyalarini yaratish;
to’qimachilik matolari va yengil sanoat mahsulotlarida milliylik va zamonaviylikka yo’naltirilgan dizayn loyihalarini takomillashtirish va rivojlantirish;
paxtani dastlabki ishlash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sohalaridagi yangi texnologiyalarni amalga oshirish uchun mashina jihozlarini yaratish va takomillashtirish;
paxtani tozalash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sohalaridagi avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarini mexatronika asoslarini qo‘llab shakllantirish;
texnogen va tabiiy to‘qimachilik xom ashyolaridan turli funktsional maqsadlarda ishlatiladigan nanotuzilmali va kompozit material hamda mahsulotlarni olish;
tabiiy, kimyoviy, aralash tolali matolarni pardozlash ishlatiladigan tabiiy va sintetik tabiatli bo‘yovchi moddalar olish, to‘qimachilik materiallarini kimyoviy pardozlashning samarali texnologiyalarini yaratish;
yangi tarkib va tuzilishidgi resurs tejamkor to’qimachilik va matbaa mahsulotlari, poyabzal va charm-attorlik buyumlarining assortimentlarini kengaytiradigan texnologiyalarni yaratish;
paxta tozalash, to’qimachilik, yengil va matbaa sohalarining texnologiyalari va tayyor mahsulotlari sifatini nazorat qilish;
to’qimachilik sanoatida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonida innovatsion korporativ hamkorlik faoliyatini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish.
Ilmiy loyihalar
Institutda olib borilayotgan ilmiy loyihalar to‘qimachilik, yengil sanoat va matbaa ishlab chiqarish korxonalarida mavjud muammolarni hal qilish bilan birga mamlakatimiz ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlariga mos bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga qaratilgan. 2017-2020 yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida institutda 1 ta Xalqaro grant, 27 ta fundamental, 48 ta amaliy, 10 ta yoshlar amaliy va 25 ta innovatsion loyihalar hamda 96 ta xo’jalik shartnomalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.