YANGILIK VA TADBIRLAR

INSTITUT JAMOASI BAYRAM BILAN TABRIKLANDI

photo_2021-08-30_16-23-19

Joriy yilning 30-avgust kuni О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tadbir tashkil tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori, texnika fanlari doktori, Sabirov Ilxom Kaxramonovich ochib berib, jamoani eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan mustaqillik bayrami va yangi о‘quv yili bilan samimiy qutladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlangan institut fidoyilari muborakbod etildi.

Shundan sо‘ng, о‘quv yili davomida Ilmiy daraja va Ilmiy unvonlarni qо‘lga kiritgan bir guruh professor-о‘qituvchilarga ilmiy daraja va unvonlarni tasdiqlovchi diplomlar tantanali taqdim etildi.

Mazkur tadbirda mustaqillik bayrami arafasida qutlug‘ 60 yoshni qarshi olgan fidoiy о‘qituvchilar ham e’tibordan chetda qolmadi. Institut jamoasi nomidan ularga alohida minnatdorchilik izhor etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!