Tabiat ayollarni shunday go‘zal qilib yaratganki, butun borliq doimo ularga ta’zim qilib keladi. Barcha shirin so‘zlar, go‘zalliklar ayollarga bag‘ishlanadi. Ular bahorga qiyos qilinishi ham bejiz emas. Chunki, nafosat, go‘zallik va yangilanish bahor fasliga xosdir.

Joriy yilning 2-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida
8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Institut malikasi – 2021” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultetlararo bir nafardan qiz ishtirok etdi. Talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, itimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, tashabbuskor, faol, jamoatchi qizlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda qizlar “Oliygohim yulduzi”, “Sport – sog‘lom hayot garovi”, “Zukko kitobxon”, “Karving”, “Erkin mavzu” shartlar bo‘yicha bellashdilar. Natijalarga ko‘ra, Matbaa sanoat texnologiyalari fakulteti 13r-19 guruh talabasi Almardonova Diyoraxon “Institut malikasi – 2021” tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga diplom va esdalik uchun qimmatbaho sovg‘lar topshirildi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!