YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutda qabul jarayonlari davom etmoqda

photo_2021-07-03_13-29-52

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 о‘quv yilida О‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tо‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori hamda institutda 2021/2022 о‘quv yili uchun abituriyentlar qabulini yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 14-iyundagi 266-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 20-iyunidan 22-iyulga qadar qabul jarayonlari onlayn tarzda Davlat test markazining dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida mavjud ta’lim yо‘nalishlari, 2021/2022 о‘quv yili uchun belgilangan qabul kvotalari va barcha qabul jarayonlariga oid ma’lumotlarni institutning rasmiy veb-saytidan (http://web.ttesi.uz/) olishingiz mumkin.

2021/2022 о‘quv yili bо‘yicha qabul komissiyasi tarkibi:

Institut Qabul komissiyasi raisi, rektor I.Sabirov;

Rais о‘rinbosari – A.Ismailov – О‘quv-uslubiy bо‘lim boshlig‘i;

Mas’ul kotib – N.Mirzayev – Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasi mudiri;

Qabul komissiyasi a’zosi – U.Abdullayev – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor, 📞(71 253 08 69);

Qabul komissiyasi a’zosi – A.Gulamov – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor, 📞 (71 253 08 08);

Qabul komissiyasi a’zosi – X.Kamilova – О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor, 📞 (71 253 10 58);

Qabul komissiyasi a’zosi – S.Toshpо‘latov – Xalqaro aloqalar bо‘yicha prorektor, telefon (71 253 10 58);

Mas’ul kotibning bakalavriyat bо‘yicha о‘rinbosari – A.Daminov –Tо‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi dotsenti, 📞(71 253 36 66);

Mas’ul kotibning alohida iqtidor talab etuvchi kasbiy (ijodiy) ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘rinbosari – M.Abdukarimova – Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi boshlig‘i, 📞 (71 253 36 66);

Mas’ul kotibning magistratura bо‘yicha о‘rinbosari – N.Navruzov – Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri, 📞 (71 253 36 66);

Mas’ul kotibning sirtqi ta’lim yо‘nalishi, talabalar о‘qishini kо‘chirish va qayta tiklash bо‘yicha о‘rinbosari – I.Bulanov – Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi kafedrasi mudiri, 📞(71 253 36 66);

Mas’ul kotibning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qо‘shma ta’lim dasturlari bо‘yicha о‘rinbosari – N.Nabiyev – Xalqaro hamkorlik bо‘yicha bо‘lim boshlig‘i, 📞 (71 253 36 66);

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!