YANGILIK VA TADBIRLAR

“Ipak texnologiyasi” kafedrasi talabalarining bitiruv himoyasi

         Joriy yilning 15-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik sanoat texnologiyasi fakulteti “Ipak texnologiyasi” kafedrasi talabalari tomonidan o‘z mutaxassisliklari yuzasidan Diplom himoyalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayon Ishlab chiqarish korxonalari, vazirlik va korporatsiyalar hamda Paxta-to‘qimachilik klasterlariga shaffoflikni ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet tarmog‘i orqali namoyish etildi.

      5320900 “Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi “Ipak texnologiyasi” kafedrasi bо‘yicha 4-kurs bakalavr talabalaridan 7 nafar talaba Mamatov Baxodir Usmon о‘g‘li (80 ball), Tursunov Bekzod Komiljon о‘g‘li (92 ball), Mayliyev Temurbek Ilxambay о‘g‘li (92 ball), Jurayev Muxriddin Fazliddin о‘g‘li (87 ball), Bolotin Nikita Dmitriyevich (90 ball), Nizomov Fayzullo Nizomovich (88 ball), Abdullayev Bekzod Xushnud о‘g‘li (90 ball) o‘z mavzulari yuzasidan diplom himoyasini yoqladilar. Ushbu diplom himoyalarni internet havolalar orqali dunyoning istalgan mamlakatlaridan ONLAYN TRANSLYATSIYA shaklida kuzatishlari mumkin. Imtihon jarayonlaridagi videolar institutning rasmiy saytida saqlanib qoladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!