YANGILIK VA TADBIRLAR

IQTIDORLI TALABA REKTOR TOMONIDAN TAQDIRLANDI

IMG_5048

Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent to‘qimachilik institutining majlislar zalida ushbu oliygohning 3-bosqich talabasi To‘xtamurodova Hilola Mashrabjon qizining bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritganligi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich hamda prorektorlar, dekanlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, doktarantlar va magistrlar ishtirok etdi.

Iqtidorli talabamiz To‘xtamurodova Hilola Mashrabjon qizi joriy yilning 16-fevral kuni Samarqand shahri “Yoshlar markazi”da Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil talabasi” Respublika tanlovi g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etib, “Yilning eng faol tashabbuskor targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasining lauriyati sifatida faxriy yorliq bilan taqdirlandi. U О‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasining iqtidorli yosh a’zosi.

Shuningdek, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, yangiliklar yaratishdan to‘xtamasligi sababli “Dunyo sen bilan” nomli loyihasining asoschisi hamdir. Ushbu tashabbus aynan daun va autizm sindromi mavjud bolalarni turli xil qо‘l mehnati ishlari orqali aqliy va jismoniy rivojlantirishga, eshitish va gapirish qobiliyatlarini о‘stirishga, jamiyatda о‘z о‘rnini topish uchun yordamlashishga qaratilgan xayrli loyiha. “Dunyo sen bilan” nomli loyihasi bilan Yevropa ittifoqi tomonidan ajratilgan 12000 yevro grant g‘olibi bо‘lgan.

Quyosh hamma yerda bir xil nur sochadi. Ammo bolalari baxtiyor, tinch va farovon yashayotgan mamlakatlarda u yanada yorqinroq porlaydi, gо‘yo о‘zining qaynoq nurlarini ayamay tuhfa etayotgandek. Zero, har bir bola – bir quyosh! Har biri о‘zgacha! Shunday ekan, ular teng imkoniyat va huquqlarga, mehr va g‘amxо‘rlikka haqlidirlar.

Dunyo bо‘yicha, о‘rtacha har 55 boladan birida daun yoki autizm sindromi kuzatiladi. Daun sindromi mavjud bolalarni bejiz «quyosh bolalari», deyishmaydi. Chunki ular doimo odamlarga kulib boqishadi. Ular odatiy bolalarga nisbatan kо‘proq mehr-muhabbatga, e’tibor va kо‘makka muhtoj.

4 oy davom etgan ushbu lohiyaning 2021-yil 31-mart kuni “Versal” restoranida  yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda esa aynan daun va autizm sindromi mavjud bolalar uchun Hilola To‘xtamurodova tomonidan o‘quv-qo‘llanma tayyorlanib taqdimot qilinishi ham institut jamoasini quvontirdi. Shu munosabat bilan institut rektori Ilxom Sabirov mana shunday iqtidorli va serqirra ijod sohibasini yutuqlari sababli bir qator esdalik  sovg‘alari bilan mukofotlab, Hilolaxon kabi talaba-yoshlar institutning faxri va g‘ururi  ekanligini aytib o‘tdi. Hayotni qalb kо‘zi ila ilg‘agan hilola To‘xtamurodovaning saxovatli ishlari tahsinga loyiqdir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!