YANGILIK VA TADBIRLAR

TASHABBUSKOR YOSHLAR – KELAJAK BUNYODKORI!

IMG_4901

“Hozirgi kunda yoshlarni qilayotgan samarali mehnatlari uchun rag‘batlantirishimiz lozim. Biz qancha kо‘p rag‘bat bersak, ularni qо‘llab-quvvatlasak ular shunchalik yuqori natijalarni zabt etaveradi. Biz yoshlarga yangi imkoniyatlar va maqsadlarga yо‘l kо‘rsatishimiz kerak. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich tomonlaridan ushbu yilga “Yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deya nom berilgani ham  bejizga emas. Bugungi kunda Prezidentimiz tomonlaridan yoshlarimizga keng imkoniyatlar eshigi ochilgan, ushbu imkoniyatlardan yoshlarimiz oqilona foydalanib vatanimiz ravnaqi, yurtimiz farovonligi yо‘lida о‘z hissalarini qо‘shib kelmoqdalar.

Ana shunday faol va tashabbuskor yoshlarimizdan biri Hilola Tо‘xtamurodova hozirgi kunda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3-bosqich talabasi. U yosh bо‘lishiga qaramasdan “Quyoshli bolalar”ni qalban tushunadi. Qahramonimiz Respublikamizda birinchi marta keng qamrovda о‘tkazilayotgan “Dunyo sen bilan” loyihasining asoschisidir. Ushbu tashabbus aynan daun sindromi mavjud bolalarni turli xil qо‘l mehnati ishlari orqali aqliy va jismoniy rivojlantirishga, eshitish va gapirish qobiliyatlarni о‘stirishga, jamiyatda о‘z о‘rnini topish uchun yordamlashishga qaratilgan xayrli loyihadir.

      Hilola Tо‘xtamurodovaning yuqori natijalarni qо‘lga kiritayotganligi, tashabbuskorligini alohida e’tirof etib, о‘z loyihasi bilan kо‘pgina hayrli va savobli ishlarga qо‘l о‘rganligini qadrlayman. Mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan loyiha mana bugun yakunlanmoqda. Ushbu loyiha ishtirokchilari bо‘lgan bolajonlarga Yaratgandan sihat-salomatlik tilayman. Hilolaxonga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar yor bо‘lsin. Institut rahbariyati tomonidan qanday yordam, qо‘llab-quvvatlash kerak bо‘lsa doimo tayyormiz.  

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori

Ilxom Sabirov

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!