YANGILIK VA TADBIRLAR

ISAYEV XAMID ISAYEVICHning 75 yillik yubileyi o‘tkazildi

photo_2021-12-04_17-01-06
Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Fizika va elekrotexnika kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi ISAYEV XAMID ISAYEVICHning 75 yillik yubileyi va mehnat faoliyatining 50 yilligiga bag‘ishlangan Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakultetining kengaytirilgan tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Institut jamoasi uchun hurmatli ustoz, barcha qavmu-qarindoshlarning tayanch ustuni, sadoqatli dо‘stlarning maslakdoshisi, har qanday inson bilan kо‘rishganda samimiy tabassum, mehr va sinchkovlik bilan tezda muloqotga kirisha oladigan, chin ma’nodagi suhbatdosh, mohir tashkilotchi, mehribon murabbiy – Xamid Isayevichni tabarruk 75 yillik yubileyi bilan samimiy qutlaymiz.
Bugungi tavallud munosabati bilan Xamid Isayevichga ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshqulovning Faxriy yorlig‘i taqdim etildi. Yana bir bor tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Ma’lumot uchun: 1946-yil 4-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida dunyoga kelgan. 1964-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining “Fizika-matematika” fakultetiga fizika mutaxassisligi bо‘yicha о‘qishga qabul qilingan. Dastlab, 1970-yildan boshlab Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti Fizika kafedrasi katta laboranti, sо‘ng assistent, stajyor-tadqiqotchi bо‘lib ishlagan. 1979-1982 yillarda institutning о‘quv bо‘limi boshlig‘i, 1982-yildan Fizika kafedrasida assistent va Mexanikaviy-texnologiya fakultetida dekan о‘rinbosari lavozimida faoliyat kо‘rsatib, 1980-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1986-yili dotsentlik ilmiy unvonini olishga muvaffaq bо‘lgan Xamid Isayevich bir qancha yoshlarga ustozlik ham qildi. 1988-yildan 1997-yilgacha «Fizika» kafe-drasi mudiri lavozimida faoliyat kо‘rsatdi. 1997-yildan Respublikada birinchi bо‘lib tashkil etilgan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Akademik litseyga direktor etib tayinlandi. Direktorlik faoliyatida о‘quvchi-yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga, yashash sharoitiga va ayniqsa, о‘zlashtirishiga katta e’tibor qaratdi. Natijada, litsey о‘quvchilarining institutlarga о‘qishga kirishi 85-88 foizgacha kо‘tarildi.
Xamid Isayevich о‘z mehnat faoliyatining 30 yilini rahbarlik lavozimlarida о‘tkazgan. Bir necha marta «о‘qituvchi-talabalar nigohida» sо‘rovnomasida eng yaxshi о‘qituvchi sifatida qayd etilgan, samarali ilmiy-pedagogik va tarbiyaviy faoliyati uchun «Institutda xizmat kо‘rsatgan dotsent» faxriy unvonini olishga sazavor bо‘lgan. Shuningdek, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika kasaba uyushmalari qо‘mitasi hamda о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Toshkent shahar boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!