YANGILIK VA TADBIRLAR

ISHLAB CHIQARISH KORXONA MUTAXASSISLARINING TALABALAR BILAN UCHRASHUVI

photo_2021-03-17_16-57-14

2021-yil 17-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislarining talabalar bilan uchrashuvchi tashkil etildi.

Mazkur mahorat darsi Institut rektorining 03.01.2021 dagi “Institutda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 86-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi xususan, “Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” hamda “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyalari va jihozlari” ta’lim yo‘nalishidagi talabalar bilan “Nurafshon Nur” MChJ va “Tojiniso Fayz” MChJ korxonalari rahbarlari uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda korxona rahbari M.B.Tashmuxamedova va tadbirkor G.A.Xabibullayeva ishtirok etib, talabalarga ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar, tadbirkorlik faoliyati hamda yoshlarga bo‘lgan hozirgi kundagi imkoniyatlar haqida qiziqarli suhbat va muloqot olib borildi. Shuningdek, o‘zlarining bilim, ko‘nikma va malakalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga har tomonlama hayotiy tajriba asosida javob berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!