YANGILIK VA TADBIRLAR

“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida olimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

photo_2021-03-31_18-39-45

Joriy yilning 31 mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida olimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Jahongir Meliqo‘ziyev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev, guruh murabbiylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tabdir davomida Jahongir Meliqo‘ziyev bugungi kunda davom etayotgan diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solayotgani, shunday ekan, uning oldini olish, unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylanganini, mazkur yo‘nalishda kishilik jamiyati oldida kompleks vazifalar dolzarb bo‘lib turgani haqida talabalarga tushuntirib berdi va bu yo‘lda Ilm-ma’rifat bunday yot g‘oyalarga asosiy qurol ekanini ta’kidladi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga yetarlicha javob berdi

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!