YANGILIK VA TADBIRLAR

“Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan an’anaviy 58-salomatlik spartakiadasi musobaqalari yakunlandi

IMG_0517 (1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 3-dekabrdagi 630-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 4-yanvardan 9-yanvargacha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan an’anaviy 58-salomatlik spartakiadasi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada institutning rektorat jamoasi, Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti, Matbaa texnologiyasi fakulteti, Paxta sanaot texnologiyasi fakulteti va TTYeSI qoshidagi akademik litsey jamoalari ishtirok etishdi. 

Musobaqalar sportning 5ta turi bo‘yicha mini-futbol, voleybol, shashka, shaxmat, stol-tennisidan erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazildi hamda institutning 120 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va xodimlari qatnashdi.

Musobaqaga umumiy rahbarlik Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va bevosita “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi. G‘oliblar institut kasaba uyushmasi tomonidan sovg‘alar va diplomlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!