O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarori hamda Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 3-dekabrdagi 630-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 4-dan 9-yanvargacha bo‘lgan kunlari “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida professor-o‘qituvchi  va xodimlar o‘rtasida fakultetlararo an’anaviy 58-salomatlik spartakiadasi musobaqalari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchi va xodimlarni jismoniy-tarbiya va sportga jalb qilish, ularning sog‘liklarini sport orqali yanada mustahkamlash hamda jismoniy madaniyatni aholi o‘rtasida keng ommalashtirishdan iboratdir.

Ushbu musobaqa Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev va bevosita “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi. Musobaqaning bosh hakami “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri Nurjon Asilbekov. Maxsus komissiya hamda hakamlar hay’ati a’zolari shakllantirilgan. Musobaqalarga institut va TTYeSI qoshidagi akademik litsey xodimlari ham jalb qilingan bo‘lib, 4-yanvardan 9-yanvargacha sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilib boriladi. Birinchi kundagi musobaqa erkaklar o‘rtasida stol-tennisi va ayollar o‘rtasida esa shaxmat-shashka sport turi, ikkinchi kundagi musobaqada erkaklar uchun shaxmat-shashka va ayollar o‘rtasida esa stol-tennisi, uchinchi kun ya’ni 6-yanvardagi musobaqada esa ayollar uchun voleybol bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Voleybol (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, volleyball volley – «urib qaytarmoq» va ball  – «toʻp» degan ma’noni bildiradi.) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi.

1, 2, 3-o‘rin sohiblari  musobaqa so‘ngida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan pul mukofoti hamda turli xil esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadilar.  Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat yor bo‘lsin. Sport hamda sog‘lom turmush-tarzi doimo hamroh bo‘lsin.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!