YANGILIK VA TADBIRLAR

Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik!

1-9

Xalqimizda azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratgan insonlar ulug‘langan. Ko‘chat ekish, daraxt o‘stirish, tabiatni asrab-avaylash xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir. Shu ma’noda, qaysi sohada ishlamasin har bir yurtdoshimiz ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Binobarin, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari institut hududini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida tut daraxti nihollarini o‘tqazilib, parvarishlab borishmoqda.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ning Ipak texnologiyasi kafedrasi va Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan kafedra hududida tashkil etilgan tutzorlar zamonaviy tomchilab sug‘orish texnologiyasi asosida parvarishlanmoqda. Kafedra doktorantlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan tutlarga kerakli bo‘lgan suv, o‘g‘itlar va minerallar o‘z vaqtida berilib kelinmoqda. Hududda jami 539 tup tut ko‘chatlari o‘tqazilgan. Bahorning sovuq kunlarida ekilgan tutlar hozirda bo‘y cho‘zib tut plantatsiyasi shakliga kirib qolgan va atrof-muhit o‘z manzarasini bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, daraxtlar hayot uchun zarur kislorodning asosiy manbaidir. Tadqiqotlarga qaraganda, bir gektar maydondagi bog‘ bir kecha-kunduzda 220-275 kilogrammgacha karbonat angidrid gazini yutib, 180-215 kilogramm kislorod ajratadi. Bu miqdor o‘rtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan ta’minlash uchun etarli. Boshqacha aytganda, to‘rtta daraxt bir kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Shu ma’noda, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida har bir yurtdoshimizning ishtiroki muhimdir. Darvoqe, bunday xayrli va ezgu obodonlashtirish ishlari institut hududi bo‘ylab amalga oshirilmoqda. Zero, Vatan obodligi avvalo, yashab turgan va istiqomat qiladigan joyimizdan boshlanadi.

▶️Bizning kanal👇👇👇

TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!