YANGILIK VA TADBIRLAR

Koreys-O‘zbek to‘qimachilik Texnoparkining yangi yaratilgan veb-sayti taqdimoti

3

      Joriy yilning 18-iyun kuni “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Koreyaning KIAT, KITECH, Gyoengbuk texnoparki, KEXTIA, KBTP kompaniyalari vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida muhim masalalar muhokama qilinib, koreys-o‘zbek to‘qimachilik texnoparki uchun veb-sayt ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi. Kompaniya vakillari bilan bir qatorda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirov hamda prorektor Azamat Gulamov ham veb-saytning faoliyati xususida o‘z fikr va takliflarini berib o‘tdilar.

     Tomonlar veb-saytni yanada muvaffaqiyatli ishlashi uchun tuzilma, dizayn, o‘zgartirish, qo‘shimchalar va ma’lumotlarni kiritish sohasidagi ishtirokchi tashkilotlar o‘rtasida say-harakatlar va amaliy majburiyatlarni birlashtirish muhimligini ta’kidladilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!