YANGILIK VA TADBIRLAR

Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlik ishlari davom etmoqda

1
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 80 nafar professor-o‘qituvchilari Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti tomonidan tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi va 72 soatlik mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlari sababli sertifikatga ega bo‘lishdi. Malaka oshirish 3 ta mutaxassislik bo‘yicha tashkil etildi.
Kasbiy masalalarni yechishda VR/AR-texnologiyalarni qo‘llash;
Kasbiy faoliyatda texnologik jihozlarni 3D modellashtirishdan foydalanish;
Texnosfera xavfsizligini boshqarishda zamonaviy yondashuv.
Malaka oshirish 2 bosqichda amalga oshirildi. 1-hafta onlayn tarzda webinar platformasida, video dars va online topshiriqlar asosida olib borilib, 2-haftada esa Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti vakillari institutda oflayn tarzda ishtirokchilarni 3 guruhga bo‘lib, yakuniy darslarni o‘tishdi.
Yig‘ilishda institut rektori, texnika fanlari doktori – Ilxom Sabirov hamkor universitet vakillari hisoblangan professor – Bitus Yevgeniy Ivanovich, dotsentlar Atasuns Vardan Davidovich va Chernyayev Dmitriy Olegovich bilan kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, doimiy tajriba almashish va ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash xususida kelishilib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!