O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida  kurash sport turini yanada ommalashtirish, shu munosabat bilan, mart oyini “Milliy qadriyatlar oyligi” deb e’lon qilinishi doirasida “Rektor kubogi” kurash sport musobaqasini o‘tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 3-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Kurash sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi  o‘tkazildi.

Unda Institut rektori, Yakkasaroy tumani Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik S.Shodmonov, fakultet dekanlari, Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqada 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, +100 kg vazn toifalaridagi 50 dan ortiq institutimiz talabalari o‘rtasida bellashildi. Musobaqada fahrli o‘rinlarni egallagan polvon talaba yigitlar institut rektori tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va medallar bilan taqdirlandi. Sovrindorlarga har bir vazn toifalar bo‘yicha 6ta 1-o‘ringa “Elektr pech”, 6ta 2-o‘ringa “Dazmol”, 6ta 3-o‘ringa “Termosli tefal” topshirildi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!