Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Magistratura bo‘limi

    Mаgistrаturа bo’limi haqida ma’lumot
Bo’lim boshlig’i

 Usmanov Xayrulla Saydullayevich
Bog’lanish uchun ma’lumotlar:
Qabulvaqti: Dushanba÷Shanba 1000÷1700
Tel: E-mail: usmanov.khayrulla@mail.ru

Bo‘lim haqida ma’lumot

        Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida Magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 190–sonli qarorining 5-bandiga muvofiq, hamda 2008 yil 18 fevraldagi «Oliy ta’lim muassasasi Magistratura bo‘limi» haqidagi  Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 34 –sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran  Magistratura bo‘limi tashkil etildi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek, 2015 yil 2 mart O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Magistratura to‘g’risidagi Nizom»ga amal qiladi. 2021-2022 o‘quv yilida institutda o‘quv jarаyoni 14 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tashkil etilib, 2-kursda 206 nafar talaba tahsil olmoqda. 1- kursga 206 ta talaba qabul qilish tavsiya etildi, undan 190 nafari Davlat granti va 16 nafari to‘lov shartnoma аsоsida.
Bo’limning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Magistrlar tayyorlash bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, ularga taqdim etilayotgan ta’lim sifatini nazorat qilish;
  • Magistrantlarning ilmiy mavzulari va rahbarlarini tasdislashga tayyorlash, o’quv yilida bajargan o’quv – izlanish va ilmiy – tadqiqot ishlarini nahlil qilish va magistratura talabalari faoliyati  monitoringini o’tkazish, ilmiy maqolalar qabul qilish va to’plamini chop etishga tayyorlsh;
  • Ilmiy faoliyat va malaka amaliyotlarni tashkil qilish, mazmunli o’tishini ta’minlash va nazorat qilish, dastlabki va rasmiy himoyani otkazishni, taqdirlashni tashkil etish.usmanov.khayrulla@mail.ru

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871) 253-06-06

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!