YANGILIK VA TADBIRLAR

Magistratura mutaxassisligiga imtihon bo’lib o’tmoqda

photo_2021-08-17_10-03-19

Ayni damda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga magistratura bosqichida tahsil olish uchun ariza topshirib, ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga mutaxassislik fanlaridan test sinovlari bo’lib o’tmoqda.

Imtihon qatnashchilarining ijtimoiy masofa saqlagan holda harakatlanishi ta’minlanmoqda. Ularning tana harorati o‘lchanib, bir martalik tibbiy niqob, ruchka va ichimlik suv bilan ta’minlanyapti. Ushbu test sinovlarida 1-smenada 5 ta, 2-smenada 4 ta va 3-smenada 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 557 nafar talabgorlar qatnashishmoqda.

Imtihon jarayonini yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jarayonlar institutning rasmiy sayti https://web.ttyesi.uz 👉 https://imtihon.edu.uz/Toshkent/21 👈 platformasi orqali uzatib borilmoqda. Abituriyentlar test sinovlari bo’lib o’tayotgan hududga tibbiy niqob, abituriyent qayd varaqasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) hamda О‘zbekiston Resupublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar ishlari agentligining Yakkasaroy tuman bо‘limi xodimlari va sanitar-epidemiologik xizmat xodimlari tomonidan tekshirilib kiritilmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!