YANGILIK VA TADBIRLAR

Magistratura talabalari bilan ochiq muloqot

photo_2022-03-31_19-32-01
2022-yil 31-mart kuni institut Madaniyat saroyida 1-kurs magistratura talabalar bilan rahbariyatining ochiq muloqot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bunda institut rektori I.Sabirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Gulamov, Jamoatchilik Kengashi raisi A.Safayev, O‘quv bo‘limi boshlig‘i A.Ismailov, rektor maslahatchisi S.Xamidov hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i X.Usmanovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda davomida institutdagi o‘qitish tizimi, darslarning sifati, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xalqaro aloqalar, ilmiy ishlarni samarali tashkil etish, ijtimoiy-maishiy, yosh onalarga shart-sharoitlarni yaratish, institut va talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan yig‘ilishda magistr talabalar tomonidan erkin fikr va takliflar bildirilib, mazkur takliflarga esa atroflicha yechim berilishi ta’kidlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!