YANGILIK VA TADBIRLAR

Mamlakatimiz bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga Prezidentimiz tabrigi yetkazildi

2

     Bugun 25-may sanasida mamlakatimizdagi barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilib, bitiruvchilarga “Oq yo‘l”  va ezgu niyatlar bildirildi.

     Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institiga biriktirilgan barcha maktablarda bu ishlar jadallik bilan olib borildi. Bir guruh professor-o‘qituvchilar va  ustoz-murabbiylar ishtirokida Sergeli va Yangiyo‘l tumanlarida joylashgan 29, 322, 237, 266, 269-sonli maktab bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga tabrigi” ni yetkazdi va tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.

     Mazkur tabrik bitiruvchilarga o‘qib eshittirildi. Bitiruvchilar va ularning ota-onalari tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi va har bir bitiruvchiga kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, talaba bo‘lish orzusi ushalishi tilagi bildirildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar ishtirokchilarni xushnud etishdi.

     Insitut faoliyatiga biriktirilgan boshqa barcha maktablarda ham mas’ullar tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Yurtimizdagi barcha maktab bitiruvchilariga kelgusidagi ishlarida omad yor bo‘lsin. Katta hayotga qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelish nasib etsin!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!